Xitoy Rossiyadan xarid qilgan S-400 kompleksi raketalarini tashiyotgan kema kuchli po‘rtanaga duch keldi. Bu haqda “Rostex” korporatsiyasi rahbari Sergey Chemezov ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza.
Barcha raketalar shikastlangani sababli ularni yo‘q qilish haqida qaror qabul qilingan.
Endi Rossiya yangi raketalar tayyorlab berishiga to‘g‘ri keladi. Ular qachon Xitoyga yetkazilishiga aniqlik kiritilmadi.
Ma’lumot uchun, Xitoy Rossiya bilan jami 3 milliard dollarlik S-400 komplekslarini xarid qilish yuzasidan kelishuvga erishgan. Ularning dastlabki ikki komplekti 2018-yilda yetkazib berilgan.
Izoh (0)