Amerikalik olimlar qish fasli davomida Atlantika okeanidan yo‘qolib ketish xavfi arafasidagi yettita noyob turga mansub kit bolasini topdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Olimlarning baholashicha, u Atlantika okeanida yashaydigan shimoliy silliq kit bo‘lib, dunyo bo‘yicha bunday kitlar atigi 400 ta qolgan.
Ularning uzunligi odatda 15 metrga yetadi, og‘irligi esa 40-70 tonnagacha boradi.
Qayd etilishicha, tadqiqotchilar so‘nggi marta okean qirg‘oqlarida ona-bola kitni ko‘rishgan.
Tadqiqotchilar ma’lumotiga ko‘ra, ona kit taxminan 17 yoshda bo‘lgan.
Bundan avval unga Piko deb nomlab ma’lumotlar bazasiga kiritilgan bo‘lib, oxirgi marta 2011-yilda bolalagan.
https://www.instagram.com/p/Bt0WJm_lMiK/?utm_source=ig_embed
Izoh (0)