Davlat raqobat qo‘mitasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga asosan sotilishi belgilangan davlat aktivlarini ommaviy savdolarga orqali sotib olishga taklif etmoqda. Bu haqda raqobat qo‘mitasi axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Erkin savdoga qo‘yilgan obyektlari orasida Uchtepa tumanida joylashgan bino va inshootlar, Sergeli tumanida joylashgan qurilish tugatilmagan bino inshootlari, Shayxontohur tumanida joylashgan 1 qavatli binosining yer-to‘la qismi ham bor.
Batafsil ma’lumotlarni www.gkk.uz, www.gkk.tashkent.uz veb-saytlaridan olish mumkin.
Izoh (0)