O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Moskva shahrida 17-fevral kuni o‘zbekistonlik fuqarolar ishtirokida yuz bergan mushtlashuv yuzasidan bayonot berdi.
“O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yilning 17-fevral kuni Moskva shahrida mamlakatimiz fuqarolari ishtirokida sodir bo‘lgan hodisa oqibatida jarohat olganlardan bir kishi voqea joyida, ikkinchisi kasalxonada vafot etgan. Tergov qo‘mitasining Moskva shahri bo‘yicha Bosh boshqarmasi tomonidan Rossiya federatsiyasi Jinoyat kodeksining 111-moddasi 4-qismida (salomatlikka qasddan o‘limga olib keluvchi og‘ir jarohat yetkazish) asosida jinoyat ishi ochildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari:
- Nusratov Nodirbek G‘ulomqodirovich, 1989-yil 29-oktabrda tug‘ilgan;
- Nusratov Otabek, 1987-yil 24-oktabrda tug‘ilgan.
Izoh (0)