• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Messi va uning jamoadoshlari fransuz sherlariga qarshi. Barchasi “Lion”—“Barselona” uchrashuvi haqida (prevyu)

    Bugun, 19-fevral kuni tungi soat 01:00 da Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida ikkita o‘yin bo‘lib o‘tadi. Ulardan birida musobaqaning doimiy favoritlaridan biri hisoblagan Kataloniyaning “Barselona” klubi Fransiyaning “Lion” klubi bilan bahs olib boradi. Quyida ushbu uchrashuvga oid ma’lumotlar va qiziqarli faktlar taqdim etiladi.

    Foto: Twitter/@UEFA

    Foto: Twitter/@UEFA

    Musobaqa yo‘li

    “Barselona”

    Kataloniya klubi guruh bosqichida hech qanday muammoga duch kelganicha yo‘q. Leo Messi jamoadoshlari “Tottenhem”, “Inter” va “PSV Eyndxoven” klublaridan ustun kelib, o‘z guruhida 14 ochko to‘plab, 1-o‘rin bilan pley-offga chiqdi. Jamoa guruh bosqichidagi 6 ta o‘yindan 4 tasida g‘alaba qozondi, 2 tasida esa durang qayd etdi. “Inter” bilan “Tottenhem” esa so‘nggi turga qadar faqatgina 2-o‘rin uchun kurash olib bordi. Natijada omad “shporlar”ga kulib boqqani barchaga birdek ma’lum, nazarimizda.

    “Lion”

    “Lion”ning guruh bosqichidagi yo‘li esa bir muncha qiyin bo‘lganligini ta’kidlash joiz. Fransuz klubi “Manchester Siti”, “Shaxtyor” va “Hoffenhaym” bilan bitta guruhda pley-off yo‘llanmasi uchun kurash olib borib, u yerdan “omon” chiqa olgani esa tahsinga sazovor. Avvaliga hammasi yaxshi boshlangandi — “Lion” “Siti”ni 1-turda mag‘lub etgandi. Bu g‘alaba esa “sherlar” uchun yagonaligicha qoldi. Klub guruh bosqichidagi qolgan 5 ta o‘yinda durang qayd etdi. Ba’zi o‘yinlarda “Lion” g‘alabani qo‘ldan chiqargan bo‘lsa, ba’zilarida iroda ko‘rsatib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Fransuzlar so‘nggi turda “Shaxtyor” bilan ham durang qayd etib, guruhdan 2-o‘rin bilan pley-offga yo‘l ola bildi.

    E’tiborga molik holatlar

    • “Lion” guruh bosqichida “Manchester Siti”ga qarshi 2 marta o‘ynab, 4 ochkoga ega bo‘ldi. Bruno Jenezio shogirdlari Xosep Gvardiola jamoasini ikkala o‘yinda ham zararsizlantira olgani hurmatga loyiq. Shuning uchun ham 1/8 finali qur’asi “Barselona” uchun yoqimli keldi deb bo‘lmaydi. O‘tgan 10 yillikda “sherlar” kataloniyaliklar bilan 6 marta duch kelgan, biroq ularning bittasida ham g‘alaba qozona olmagan. Ikkita o‘yindagina durang qayd etishgan. Bugungi o‘yin “Lion” uchun yana bir imkoniyat bo‘lishi mumkin.
    • “Lion”ning “Barselona”ga qarshi o‘yin oldidan eng katta yo‘qotishi, shubhasiz, bu — Nabil Fekir. “Sherlar” yetakchisi guruh bosqichining so‘nggi o‘yinida hal qiluvchi golni urish bilan birga, keraksiz sariq kartochkani ham olgandi. Shu boisdan u bugungi bahsni o‘tkazib yuboradi. Bruno Jenezio esa taktikaga ba’zi o‘zgartirishlar kiritishga majbur bo‘lishi tayin. Negaki, hozirgi “Lion”ni Fekirsiz tasavvur qilish bir muncha mushkul.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    • “Barselona” ham o‘yin oldidan jiddiy yo‘qotishga uchragan. Jamoa yarim himoyasidan joriy mavsumda muqim o‘rin egallagan braziliyalik Artur jarohati sabab o‘yinda qatnasha olmaydi. Shuningdek, o‘yinlari sonidan jarohatlari ko‘p bo‘lgan Tomas Vermalen, uzoq muddatga safdan chiqqan Rafinya va Yasper Silessen ham bugungi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Jamoa yetakchisi Lionel Messining sog‘lig‘i esa joyida va u bellashuvga tayyor.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Qiziqarli faktlar

    • “Lion” barcha musobaqalardagi so‘nggi 7 ta o‘yindan 6 tasida g‘alaba qozondi;
    • “Lion” va “Barselona” ham Chempionlar Ligasi joriy mavsumida guruh bosqichidagi birorta o‘yinda mag‘lub bo‘lmadi;
    • “Barselona” joriy mavsum barcha musobaqalardagi so‘nggi 4 ta safar o‘yinidan, atigi 1 tasida g‘alaba qozondi;
    • “Lion” so‘nggi 7 ta o‘yindan , 5 tasida 2 tadan gol urdi;
    • Ikkala klub o‘rtasidagi Chempionlar Ligasidagi so‘nggi 5 ta o‘yindan 4 tasida 3+ gol kiritilgan;
    • Luis Suares joriy mavsum Chempionlar Ligasida gol ura olmadi;
    • Lionel Messi “Lion”ga qarshi so‘nggi 4 ta o‘yinda 3 ta gol urdi.

    Taxminiy tarkiblar

    “Lion”: Lopesh — Dyubua, Marselo, Denayer, Mendi — Tuzar, Ndombele — Traore, Depay, Auar — Dembele

    “Barselona”:  ter Shtegen — Semedu, Pike, Langle, Alba — Rakitich, Buskets, Koutinyo — Dembele, Messi, Suares

    O‘ynamaydi: Fekir, Guyri — Rafinya, Sillessen, Artur.

    So‘roq ostida: Denayer, Ndombele — Vermalen, Umtiti.

    O‘yindan oldin fikrlar

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    “Manchester Siti” va “Barselona” — hujumkor jamoalar. Biz bir yo‘la ikki o‘yin uchun reja tuzamiz. “Barsa” tarkibida qoyilmaqom futbolchilar harakat qiladi. Usmon Dembele bilan Ferlan Mendi bemalol raqobatlashishi mumkin. Biz muvozanatni topa olishimiz kerak. Nabil Fekir —  bizning sardor va yetakchimiz. U maydonda bo‘lmaganda, bizga qiyin bo‘ladi. Fekir doim asosiy rolni o‘ynaydi. Bu yo‘qotishni qandaydir yo‘l bilan qoplashimiz kerak.Bruno Jenezio, “Lion” bosh murabbiyi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    Chempionlar Ligasi — musobaqa og‘ir va shunchaki oddiy emas. Ammo biz jang uchun tayyormiz. Ushbu o‘yinni anchadan beri kutyapmiz. “Lion” o‘z maydonida juda kuchli. Ularning tarkibida ko‘plab ajoyib o‘yinchilar bor. “Lion”da menga nima yoqadi? Ular doim hujum qiladi. Ular bosim uyushtirib, bizga qarshi ham hujumkor o‘yin ko‘rsatadi deb o‘ylayman.

    Ernesto Valverde, “Barselona” bosh murabbiyi

    Yevropa Chempionlar Ligasi

    19-fevral, seshanba

    “Lion”—“Barselona” 01:00

    Bosh hakam: Juneyt Chaqir

    Internet ma’lumotlari asosiyda Asror Abdunazarov tayyorladi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    19.02.2019, 18:59   Izoh (0)   35507
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    ​Qozog‘istonlik qiz Habib Nurmagomedovdan Toyota Camry kalitlarini qabul qilib oldi

    18.02.2019, 21:30

    Sardor Rashidov: “Het-trikimni O‘zbekiston xalqiga bag‘ishlayman”

    17.02.2019, 09:29

    Ignatiy Nesterov doping sabab futboldan chetlatildimi?

    15.02.2019, 18:29

    “Qari bilganni pari bilmas”. A Seriyaning qarishni bilmaydigan hujumchilari haqida

    15.02.2019, 18:17

    Afrika tarixidagi eng boy 10 nafar futbolchi haqida

    15.02.2019, 00:26

    Ishtiyoq tajribaga qarshi. Barchasi “Ayaks”—“Real Madrid” bellashuvi haqida (prevyu)

    13.02.2019, 23:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yangi “Garri Potter” serialida maxsus effektlar kompyuter grafikasisiz yaratiladi

    Kino | 7 avgust, 08:55

    Ganada aviahalokat: qurbonlar orasida vazirlar ham bor (foto)

    Dunyo | 7 avgust, 08:40

    Sun’iy intellekt tahdid yoki moliyaviy rag‘batdan keyin batafsilroq javob berishi aniqlandi

    Dunyo | 7 avgust, 00:15

    Iyunda O‘zbekiston dunyo bo‘yicha eng ko‘p oltin xarid qildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 23:59

    Efiopiyada birinchi marta odam savdogarlari o‘lim jazosiga hukm qilindi

    Dunyo | 6 avgust, 23:55

    Superliga. 6 ta gol kiritilgan bahsda “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Mash’al”ni mag‘lub etdi

    Sport | 6 avgust, 23:51

    Xitoyda komadagi qiz universitetga qabul qilinganligi haqidagi xabarni eshitgach, o‘ziga keldi

    Dunyo | 6 avgust, 23:41

    Zelenskiy Tramp bilan tinchlik istiqbollarini muhokama qildi

    Dunyo | 6 avgust, 23:27

    Isroil bosh vaziri G‘azo sektoridagi operatsiya tufayli Bosh shtab rahbari bilan kelishmovchilikka bordi

    Dunyo | 6 avgust, 23:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.