• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12410.99
    • RUB158.38
    • EUR14237.89
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Ishtiyoq tajribaga qarshi. Barchasi “Ayaks”—“Real Madrid” bellashuvi haqida (prevyu)

    Ko‘pchilik intiqib kutgan Yevropa Chempionlar Ligasining pley-off bosqichi o‘yinlari boshlandi. Birinchi kungi o‘yinlar ham yomon o‘tmadi. Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostida mag‘lubiyatsiz odimlayotgan “Manchester Yunayted” jamoasi  Neymar va Edinson Kavanisiz qolgan PSJga o‘z maydonida yutqazgan bo‘lsa, Rimdagi “Olimpiko” stadionida mezbon “Roma” klubi Portugaliyaning “Portu”sini qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Bugun, 13-fevral chorshanba kuni 1/8 final o‘yinlari davom ettiriladi. Xususan, Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi, Madridning “Real” jamoasi Amsterdam shahrida “Ayaks”ga qarshi bahs olib boradi. Quyida ushbu uchrashuv haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

    Qur’a tashlangan vaqtda barcha birdek “Real”ning favorit ekanligi haqida bong urdi. Orada “Qirollik klubi” Xulen Lopetegini ishdan haydab, uning o‘rniga Santyago Solarini olib keldi. Jamoa o‘yini yana avvalgidek barqarorlashdi. Bu esa Madrid klubining mazkur juftlikda asosiy favorit sifatida e’tirof etilgani bejiz emasligini yana bir bor eslatayotgandek. Solari shogirdlari ortda qolgan haftada ikkita jiddiy sinovdan o‘tdi. O‘tganda ham eson-omon o‘tib oldi. Ispaniya Kubogi doirasida “Kamp Nou”da “Barselona” bilan 1:1 hisobida durang qayd etgan bo‘lsa, oradan uch kun o‘tib, “Vanda Metropolitano” stadionida “Atletiko Madrid”ni 3:1 hisobida taslim qila oldi. Demak, “Real” bu o‘yinga nafaqat favorit, balki yuqori kayfiyatda ham kelmoqda. Bu esa “Ayaks”ning ishini yanada qiyinlashtiradi. Amsterdam klubining Niderlandiya chempionatida ishlari hozircha ko‘ngildagidek emas. Jamoa Erediviziyaning so‘nggi 5 ta bellashuvidan 2 tasida mag‘lub bo‘ldi. Bir hafta oldin “Venlo” klubini 6:0 hisobida yenggan “Ayaks” o‘tgan turda “Herakles”ga 0:1 hisobida yutqazib qo‘ydi. Klub milliy chempionatning so‘ng turida faqatgina PSVning(Eyndxoven klubi durang qayd etdi) ochko yo‘qotganligidan xursand bo‘lishi mumkin, xolos.

    Tarkiblar haqida

    “Real”

    “Real”da Iskoning maydonga tushmasligi aniq. Solari kelgandan beri zaxirada qolib ketayotgan ispaniyalik iqtidor sohibi ayni damda jarohatini davolash bilan band. Shuningdek, jamoada sekin-asta o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotgan Markos Lyorente “Barselona”ga qarshi bahsda olgan jarohatini davolatish bilan ovora. Ma’lum bo‘lishicha, tanqidlarga qaramay jamoada ketma-ket gollar urayotgan Karim Benzema ayni chog‘da individual tarzda mashg‘ulotlarni olib bormoqda. So‘nggi ma’lumotlar ko‘ra esa Rafael Varan jarohati bois bellashuvni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda. Xullas, Madrid klubi bir nechta yo‘qotishlarga ega, biroq bu jamoaning o‘yiniga katta ta’sir ko‘rsatmasligi haqiqatga yaqin.

    “Ayaks”

    Amsterdam klubida ham muammolar yetarlicha topiladi. Qishki transferlar vaqtida “Barselona” bilan shartnoma imzolagan (ammo 2019-yil 1-iyunidan Kataloniya klubi safida to‘p suradi) jamoa yetakchisi Frenki de Yong endigina jarohatdan forig‘ bo‘ldi. Shuningdek, jamoaning yana bir yarim himoyachisi Karel Eyting maydonga tusha olmaydi. U jarohat sabab deyarli bir oyga safdan chiqqan. Bundan tashqari argentinalik Nikolas Talyafikoning “Real”ga qarshi o‘ynashi ham hamon so‘roq ostida turibdi. Nima bo‘lgan taqdirda ham “Ayaks”ga bugun oson bo‘lmasligi aniq.

    Qiziqarli faktlar

    • “Ayaks”ning Yevropa Chempionlar Ligasida o‘z maydonida o‘tkazgan so‘nggi 6 ta o‘yinidan 4 tasida raqiblar bitta ham gol ura olmagan;
    • “Real” ishtirokidagi Yevropa Chempionlar Ligasidagi so‘nggi 6 ta o‘yindan 5 tasida raqiblar gol ura olmagan.
    • Chempionlar Ligasida ikkala klubning so‘nggi 5 ta bellashuvida jamoalar 2 tadan ko‘proq gol kiritgan.
    • “Real” “Ayaks”ni so‘nggi 6 ta o‘yindan beri yutib keladi.
    • “Ayaks” 16 yildan beri Chempionlar Ligasi chorak finaliga chiqa olmayapti.
    • “Real” 23-marta Chempionlar Ligasi pley-offiga chiqdi. Bu musobaqa tarixidagi rekord hisoblanadi.
    • Chempionlar Ligasida “Ayaks” o‘z maydonida eng yirik mag‘lubiyatni “Real”dan qabul qilgan. Jamoa 2010-yil 23-noyabrda “Qirollik klubi”ga 0:5 hisobida yutqazgan.

    Uchrashuv hakami

    O‘yinni sloveniyalik Damir Skomina boshqarib boradi. Skomina 2018/19-yilgi futbol mavsumida 5 ta xalqaro o‘yinda ishladi. U bu o‘yinlarda 22 ta sariq kartochka ko‘rsatgan. Bitta o‘yinga o‘rtacha — 4,4 tadan. Qizil kartochka ko‘rsatishga qo‘li bormagan. Bitta o‘yinda o‘rtacha 25 ta qoida buzilishini qayd etgan.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Taxminiy tarkiblar

    “Ayaks”: Onana – Mazraui, De Ligt, Blind, Talyafiko – de Yong, van de Beyek, Shone – Ziyosh, Dolberg, Tadich.

    “Real Madrid”: Kurtua – Karvaxal, Ramos, Varan, Regilon – Modrich, Kazemiro, Kroos – Beyl, Benzema, Vinisius Junior.

    O‘yindan oldin fikrlar

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    Frenki de Yong hozirda soppa-sog‘. U “Real”ga qarshi o‘yinni boshqalar kabi intizorlik bilan kutmoqda. Top jamoalar haddan tashqari hujumkor o‘yin namoyish etish bilan birga, yopiq o‘yin ko‘rsatgan holda raqibni qarshi hujumda jazolashga qodir. “Real”da tajribali jamoa bor. Madridda Serxio Ramos, Toni Kroos, Luka Modrich, Karim Benzema va bir qator yoshlar ham bor. Ijobiy natija qayd eta olsak juda yaxshi bo‘lardi. Biz Amsterdamda har qanday jamoaga qarshilik ko‘rsatishga qodirmiz.Erik ten Hag, “Ayaks” bosh murabbiyi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    Hozircha Marseloning maydonga tushishi yok tushmasligi haqida bir narsa deya olmayman. U ajoyib inson va futbolchi. U “Real”ning ikkinchi raqamli sardori, jamoa ramzi. Marselo “Real” qiziqishlarini barcha narsadan ustun qo‘yadi, mashg‘ulotlarda esa borini beradi. Biz uni yaxshi ko‘ramiz. “Ayaks”da yaxshi futbolchilar bor. Jamoa kombinatsion o‘yin ko‘rsatmoqda. Raqibga hurmat bilan qarash lozim. Uch kun oldin bo‘lgani kabi yaxshi harakat qila olishimizga umid qilaman. Bu stadiondan yorqin xotiralar qolgan. Yaxshi xotiralar davom etadi degan umiddaman.

    Santyago Solari, “Real” bosh murabbiyi

    Yevropa Chempionlar Ligasi

    1/8 final bahslari

    13-fevral, chorshanba

    “Ayaks”—“Real Madrid” 01:00

    Uchrashuv hakami: Damir Skomina

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    13.02.2019, 23:18   Izoh (0)   27115
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    YChL. “Real” bugun “Ayaks” mehmoni bo‘ladi, “Tottenhem” esa “Borussiya D”ni qabul qiladi

    13.02.2019, 12:17

    YChL. “Manchester Yunayted” o‘z uyida PSJga yutqazib qo‘ydi, “Roma” esa “Portu”ni taslim qildi (video)

    13.02.2019, 06:09

    Pogba Mbappega, Sulsher esa Tuxelga qarshi. Barchasi bugun “Old Trafford”da bo‘ladigan MYu—PSJ bahsi haqida (prevyu)

    12.02.2019, 19:22

    Uzbek Tigers tarqatib yuborildimi? O‘zbekiston boks federatsiyasi aniqlik kiritdi

    12.02.2019, 15:25

    Azar De Bryuynega, Aguero esa Iguainga qarshi. Bugun APLda “titanlar” jangi bo‘ladi (prevyu)

    10.02.2019, 13:38

    3 kun oldin “Barselona” bilan o‘ynagan “Real” bugun “Atletiko Madrid”ni yuta oladimi? (prevyu)

    09.02.2019, 17:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Smartfonda tasvirga olinib, kinoteatrlarda namoyish etilgan muvaffaqiyatli filmlar

    Kino | 24 iyun, 13:30

    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi

    Reklama | 24 iyun, 13:30

    Global isish uyquda nafas olishning to‘xtab qolishini oshirmoqda — tadqiqot

    Dunyo | 24 iyun, 13:27

    Telegram dasturchilar uchun yiliga 1 mln dollar to‘lanadigan vakansiyani e’lon qildi

    Layfstayl | 24 iyun, 13:15

    Elektr energiyasi, gaz va suv tarmoqlariga noqonuniy ulanib, o‘g‘irlaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 13:10

    NATO bosh kotibi Ukrainaga 35 mlrd yevrolik harbiy yordam va’da qildi

    Dunyo | 24 iyun, 13:04

    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi

    Reklama | 24 iyun, 12:14

    Turk kinosi yulduzlari Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen farzandlari bilan Londonda hordiq chiqarmoqda (foto)

    Shou-biznes | 24 iyun, 12:59

    Eronning Qatardagi AQSH bazasiga zarbasi haqida davlatlar qanday bayonot berdi?

    Dunyo | 24 iyun, 12:58

    “Real” Rodrigoni qanchaga sotmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 24 iyun, 12:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.