Xonanda Ozoda Nursaidova yurak xastaligi bilan shifoxonaga yotqizilgan edi. 10-fevral kuni Ozoda Nursaidova vafot etgani haqida yolg‘on ma’lumotlar ham tarqaldi. Xonanda Ozoda Nursaidova Instagram’dagi rasmiy sahifasida bo‘lib o‘tgan voqealarga oydinlik kiritish uchun video post joyladi.
Assalomu alaykum aziz muxlislar, hurmatli obunachilar, men ancha yaxshiman. O‘zimni yaxshi his qilyapman. Shu bir haftaning ichida g‘alati, kutilmagan narsalar bo‘lib ketdi. Avvalo qilingan duolar, aytilgan tilaklar umuman olganda qo‘llaganliklaring uchun sizlarga mingdan-ming rahmat. Bundan buyon faqat yaxshi, xursandchilik kunlaringda sizlar uchun xizmat qilish nasib qilsin. Internetdagi ba’zi bir narsalarga ishonmanglar, borman, tirikman. Aytgancha, Bishkekliklarni 8—9-mart kuni konsert dasturimda kutib qolaman. Hammaga rahmat.Ozoda Nursaidova, xonanda
Izoh (0)