Namangan shahridagi “Turkiston” majmuasida “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasi tashkil etilganining 25 yilligi hamda sovet qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Bugungi kunda birlashma viloyat bo‘limiga 1286 kishi a’zo hisoblanadi.
Konsert dasturi namoyishi va to‘kin dasturxon atrofida o‘tgan tadbirda jangchi-faxriylar Ergashxo‘ja Asqarov va Zokir Madrahimovga III darajali “Mehnat faxriysi“ ko‘krak nishonlari topshirildi. Ishtirokchilarga viloyat hokimligining sovg‘alari taqdim etildi.
— Qandahor viloyatida harbiy xizmatni o‘taganman, —deydi Uychi tumanidan kelgan faxriy Abdurahim Obidov. – Ikki yillik xizmat davomida uychilik o‘n ikki nafar safdoshimizdan ayrildik. Bizga ko‘rsatilgan ehtirom va marhum quroldoshlarimizga qilingan hurmatdan boshimiz ko‘kka yetdi.
Ma’lumot uchun, 1979—1989-yillarda Afg‘onistonda yigitlik burchini o‘tagan 3698 nafar namanganlikning 70 nafari janggohlarda halok bo‘lgan. Urushdan keyingi yillarda baynalminalchi jangchilarning safi yana 275 kishiga kamaydi, ularning aksariyati harbiy harakatlar asorati tufayli vafot etdi.
Izoh (0)