Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida 14-fevral kuni viloyat Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Mirzacho‘l tumani “O‘zbekiston” QFYda yashovchi fuqaro E.Y. va shu QFY Turkiston fermer xo‘jaligiga qarashli Agrofirma binosida yashovchi I.E.lar “O‘zbekiston” QFY hududida 1 kg 165 g marixuana giyohvandlik vositasini 1 000 000 so‘m pul evaziga sotayotgan vaqtida ushlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)