Farg‘ona viloyatining Rishton tumani “Yoyilma” mahallasida yashovchi M.N. va ukasi O.M. 13-fevral kuni “Navbahor” mahallasida tanishlari — Tinchlik ko‘chasida yashovchi A.O. va uning o‘g‘li bilan o‘zaro janjallashgan.
O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi axborotiga ko‘ra, to‘rt kishi o‘zaro janjal davomida mushtlashib, bir-biriga tan jarohati yetkazgan.
Janjal davomida O.M. qo‘llari bilan A.O.ni urgan vaqtida u boshi bilan yerga yiqilib, jarohat olgan. Natijada A.O. kasalxonaga yotqizilib,. O.M. qo‘lga olingan.
“Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.
Izoh (0)