Toshkent viloyatining Chirchiq shahri G‘alaba ko‘chasida yashovchi A.X. 15-fevral kuni shu ko‘chada yashovchi tanishi — V.L.ning uyida birga spirtli ichimlik iste’mol qilgan.
IIV xabariga ko‘ra, ichkilikbozlik davomida ularning o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqqan, oqibatda A.X. tanishini pichoq bilan jarohatlagan.
“V.L. kasalxonaga yotqizilib, A.X. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov hakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.
Izoh (0)