Samarqand shahrida naqd xorijiy valyutalarni noqonuniy ayirboshlashga urinayotgan shaxslar faoliyati fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqarolardan biri o‘ziga tegishli avtomashinada 30 ming turkman manatini jami 60 million so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Shuningdek, ushbu fuqaro xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, kurtkasi cho‘ntagida ham 9 800 turkman manati borligi aniqlangan. Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)