O‘zbekiston IIV axborotiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida yashovchi R.T. 13-fevral kuni IIBga murojaat qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 4-fevralga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar “Belariq” mahallasida joylashgan fermasiga devor oshish yo‘li bilan kirib, qo‘yxonasidan yetti bosh qo‘ylarini o‘g‘irlab ketgan.
“Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi”, — deyiladi IIV axborotida. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qo‘shtepa tumani “Yangiobod” mahallasida yashovchi M.M., uning qo‘shnilari X.A. va U.Yo. sodir etgani aniqlanib, ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)