Loyihaning umumiy qiymati 82,6 million AQSh dollariga baholanmoqda, avvalroq ushbu raqam 91,6 million AQSh dollari deb aytilgandi. Bu haqda “Spot” xabar berdi.
Loyiha Davlat byudjeti mablag‘lari (47,5 million AQSh dollari) va Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi krediti hisobiga moliyalashtirilmoqda (35,1 million AQSh dollari).
Shundan 27,9 million AQSh dollari mashina va uskunalarga, 48,2 million AQSh dollari qurilish-montaj ishlariga yo‘naltiriladi.
Moliyaviy harajatlar uchun 2,1 million AQSh dollari va qolgan harajatlar 4,3 million AQSh dollariga baholangan.
Yo‘nalish uzunligi 7,1 kilometrni tashkil qiladi. Mazkur liniya yiliga 85,6 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan.
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga kreditni qaytarish 2033-yilgacha rejalashtirilgan.
Izoh (0)