Vladimir Putin Sochida dzyudochilar bilan mashg‘ulotlarda barmog‘ini shikastladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Rossiya prezidenti Eron va Turkiya yetakchilari bilan Suriya masalasidagi uch tomonlama uchrashuvdan so‘ng “Yug-sport” kompleksiga yo‘l oldi va bu yerda kurashchilar, bokschilar va dzyudochilar bilan muloqot qilib, bir soat davomida mashg‘ulotlarda qatnashdi.
Rossiyalik chempion Beslan Mudranov bilan sparring davomida Putin o‘ng qo‘li barmog‘ini shikastlab oldi. Bu muammo oddiy plastir yordamida hal etildi. Shundan so‘ng Putin mashg‘ulotlarni davom ettirdi, ularning yakunida esa sportchilar bilan suratga tushdi.
Izoh (0)