15-fevraldan boshlab Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tashrif buyuruvchilarni maxsusuniformada kutib olishadi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uniformani ishlab chiqishda mutaxassislar har bir xodimning individual imiji — tashkilot haqida umumiy baho beruvchi yagona korporativ elementi ekanligini asos qilib oldi.
Yangi forma xodimlarning qat’iyati va ishchanligiga urg‘u berib, qulay va ihcham.
Uniforma komplektlari o‘z ichiga maxsus kashtaga ega pijak va nimcha, shuningdek erkaklarda to‘plam bilan bitta rangdagi bo‘yinbog‘ va shim, ayollarda uchburchak bo‘yin ro‘moli va yubkalarni qamrab oladi.
Endilikda Davlat xizmatlari markazlari xodimlari o‘z kasblariga munosib ko‘rinishda bo‘ladi.
Yangi tashqi ko‘rinish davlat xizmatlari ko‘rsatishning mutlaqo yangi formati mavjud bo‘lgan byurokrat-amaldorlar stereotipini yo‘q qilib, xalqqa ochiq bo‘lgan davlat xizmatchilari yangi timsolini yaratishga yordam beradi.
Izoh (0)