Toshkentda Turkmaniston savdo uyi ochilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning Turkmaniston elchisi Yazguli Mammedov bilan uchrashuvida so‘z bordi, deya xabar beradi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.
Turkmanistondan O‘zbekistonga asosan neft va neft mahsulotlari, jihozlar, polimerlar va boshqa kimyoviy tovarlar yetkaziladi.
Toshkent shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Chilonzor tumanining Muqimiy ko‘chasida joylashgan elchixona yer uchastkasida diplomatik vakolatxona xodimlari uchun turar joy qurilishi bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi.
Izoh (0)