2019-yil 8-fevral kuni Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida yashovchi Y.I. IIBga murojaat qilib, unda shu yil 7-fevralga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar uning uyi oldida joylashgan qo‘yxonasidan 4 bosh qo‘ylarini o‘g‘irlab ketganliklarini ma’lum qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Ohangaron tumani Chet suv mahallasida yashovchi, Ohangaron agro iqtisodiyot kasb-hunar kolleji 3-bosqich o‘quvchisi X.X. va Angren shahar Samarchuk mahallasida yashovchi, Toshkent yuridik kolleji 2-bosqich o‘quvchisi M.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)