2019-yil 13-fevral kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida “Bahtiyor Factor” MChJga qarashli pista qadoqlash sexida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Oqibatda sexning jihozlari yonib zarar ko‘rgan hamda yong‘in o‘chirish vaqtida shu sex ishchisi, Chilonzor tumanida yashovchi T.P.(ismli ayol) kuyish jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan. Yong‘in kelib chiqish sababi aniqlanmoqda. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)