Kuvaytning Alshaya Group kompaniyasi o‘z do‘konlari tarmog‘ida ishlashi uchun O‘zbekiston fuqarolarini yollash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Kompaniya do‘konlarining soni 4 mingdan ortiqdir, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev va Alshaya Group ijrochi direktori Muhammad Al Shaya o‘rtasidagi muzokaralar yakuniga ko‘ra ma’lum qilindi.
Uchrashuv doirasida Alshaya Group va Tashqi migratsiya agentligi o‘rtasida memorandum imzolandi. U O‘zbekiston fuqarolarining mazkur kompaniyaga ishga joylashishi uchun imkoniyatlar yaratadi.
Alshaya Group Yaqin Sharq, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Yevropaning bir qator davlatlarida Starbucks, H&M, Mothercare, Debenhams, American Eagle Outfitters, P.F. Chang’s, The Cheesecake Factory, Victoria’s Secret, Boots, Pottery Barn, KidZ kabi brendlarni franshiza bo‘yicha boshqaradi.
Kompaniya xodimlari shtati dunyoning 120 mamlakatidan 53 mingdan ortiq odamni birlashtiradi.
Izoh (0)