O‘zbekiston—Ozarbayjon biznes forumi doirasida Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Oybek Shagazatov hamda “Matanat A” kompaniyasi vitse-prezidenti Mays Gasimov tomonidan shartnoma imzolandi, deb xabar berdi O‘zA.
“Matanat A” kompaniyasi tomonidan Qamashi tumaniga 20 million yevrolik to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kiritilib, quruq qurilish aralashmalari, gips buyumlari, gips bloklari va panellari ishlab chiqaradigan zamonaviy zavod barpo etiladi.
Kompaniyasi sement va gips asosidagi quruq qurilish aralashmalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mintaqadagi yetakchi tuzilmalaridan biri sanaladi. U zamonaviy uskuna va texnologiyalarning innovatsion turlari bilan jihozlangan.
Shuningdek, “Matanat A” kompaniyasi Yevropaning qator davlatlari, jumladan, Rossiya va Turkiyada ham qator korxona va zavodlarga egalik qiladi.
Izoh (0)