Andijon viloyat IIB yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan yong‘in o‘chiruvchi kvadrotsikl yaratildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
“Uz Dong Yang Ko” qo‘shma korxonasida takomillashtirilgan ushbu vosita avtomashina harakatlanishi uchun eng noqulay hisoblangan yo‘llarda ham bemalol yura oladi. Ayniqsa, shahar sharoitidagi tirbandliklar, tor ko‘chalarda manzilga kirib borish uning uchun cho‘t emas.
— Kvadrotsikl 100 litr hajmli suv sig‘imi, kichik motoarra, 16 metrli shlang, mobil aloqa vositasi, ovozkuchaytirgich va sirena bilan ta’minlangan, — deydi boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Jasurbek Karimov. — Shuningdek, undan joylarda patrul xizmatini, aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini tashkil etishda ham foydalansa bo‘ladi. Shu bois uni “Yong‘in o‘chirish patruli” deb nomladik.
Izoh (0)