Istanbulda sakkiz qavatli bino qulab tushishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 kishigacha ko‘paydi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluga ko‘ra, vayronalar ostidan 14 nafar yarador chiqarib olingan, 11 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanilmoqda.
Qutqaruv operatsiyasida turli idoralarning 500 ga yaqin xodimlari qatnashmoqda.
Izoh (0)