Toshkentning Shayxontohur tumanida haydovchi mashinani orqaga haydayotib, piyodani urib yubordi. Bu haqda IIBB xabarida aytiladi.
6-fevral kuni 13:30 da 57 yoshli Lacetti haydovchisi piyodani urib yuborgan. Oqibatda 52 yoshli ayol tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan.
YTHning dastlabki sababi — haydovchi mashinani orqaga olayotib, piyodani ko‘rmay qolgan va uni urib yuborgan.
Izoh (0)