Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Qashqadaryo viloyat hokimligi hamkorligida Shahrisabzga tashkil etilgan Info-Tour davomida Kitob tumanilik 75 yoshli Nuriddinov Shahobiddin ota uy mehmonxonasi ochish tashabbusi bilan chiqdi, deb yozadi UZ24. Ushbu mehmonxona 4643 metr balandlikda joylashgan Hazrati Sulton ziyoratgohi yonida qad rostlaydi.
– Asli kasbim mexanizator. Bu uy mehmonxonasini ochishdan asosiy maqsadim, avvalo atrofimdagilarni ish bilan ta’minlash hamda ko‘proq turistlarni jalb qilishdir, — deydi Shahobiddin ota.
Otaxon ushbu uy mehmonxonasi yuzasidan 8-fevral kuni o‘zining taqdimotini o‘tkazadi. Shundan so‘ng otaxonga uy mehmonxonasi ochish uchun litsenziya beriladi. Keyinchalik bu biznesini davom ettirishni maqsad qilgan otaxon, uy mehmonxonasi yonidan davlat (3-5 yulduzli) mehmonxonasini ochishni rejalashtirgan.
Izoh (0)