O‘zbekiston atom elektr stansiyasi qurilishini 2022-yildan erta boshlamaydi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining 7-fevral kuni tasdiqlangan Atom energetikasini 2029-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga tayanib, “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
Hujjatga ko‘ra, mamlakatdagi ilk atom elektr stansiyasini barpo etish uch bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqich — 2019—2020-yillarda AES quriladigan joy aniqlanadi, 2020—2021-yillarda loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. 2022-yildan esa obyekt qurilishiga kirishiladi.
Quvvati 2,4 GVt bo‘lgan ikki energoblok ishga tushirilgandan so‘ng, stansiya har yili 18,9 milliard kVt/s ishlab chiqarishi, 2 700 ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilmoqda.
Loyiha O‘zbekistonning shaxsiy mablag‘lari va Rossiya davlat krediti hisobidan moliyalashtiriladi.
Izoh (0)