• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12858.15
    • RUB159.71
    • EUR14505.28
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prokuror Jamshid Kenjayev ishi bo‘yicha voqealar aks ettirilgan videoni sudga taqdim etdi

    7-fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida marhum Jamshid Kenjayev ishi yuzasidan davom etayotgan sud jarayonining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Sudda Jamshid Kenjayev va uning sheriklarini ziyofatdan so‘ng “Aurum-898” tungi klubga mashinada eltib qo‘ygan guvoh Sanjar Tursunov so‘roq qilindi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Sarvar Karimov raisligida hamda xalq maslahatchilari A. Nishonov va M. Mirag‘zamovdan iborat sud tarkibida ko‘rib chiqilmoqda. Sudya guvohning huquq va majburiyatlarini tushuntirgandan so‘ng, Tursunov sudda ko‘rsatma berdi.

    Uning aytishicha, marhum Kenjayev, Shohruh Tursunov, Ulug‘bek Hayitboyev va boshqalar avval Toshkent shahridagi China Town nomli maskanda tug‘ilgan kunni nishonlagan.

    —U joyda 8-9 kishi stol atrofida o‘tirgandi. Ziyofat taxminan soat 23:40ga qadar davom etdi. Keyin dam olish joyini o‘zgartirib, “Aurum-898” tungi klubiga borish taklif etildi. Men Spark mashinasini boshqarib, boshqalarni klubga eltib qo‘ydim. Mashina kalitini topshirib, taksi to‘xtatib, uyga qaytmoqchi bo‘lganimda, ur-to‘polon boshlandi. Bir zumdan keyin atrofga qarasam, akam Shohruh Tursunov yerda qonga belanib yotibdi. Uni darhol yerdan olib, shifoxonaga ketdik, — deydi guvoh.

    Sudya tergovda bergan ko‘rsatmasida Jamshid Kenjayev mast bo‘lgani uchun mashina boshqaruvini o‘zi olgani haqidagi Sanjar Tursunovning gaplarini eslatdi. Guvoh esa bunday bo‘lmagani, China Town’dagi ziyofatda haqiqatan spirtli ichimlik stolda bo‘lgani, ammo kim iste’mol qilganini bilmasligini aytdi.

    — Kimdan “Aurum-898” klubiga borish taklifi chiqqanini ham bilmayman. Shunchaki dam olmoqchi bo‘lishgandi. Men ularni eltib qo‘yib, ketmoqchi bo‘lganimda esa baqir-chaqir avjiga chiqdi. Atrofga qarab, asl vaziyatni anglolmay qoldim. Kimlardir boshqalarni quvib ketishdi, yana kimlardir to‘s-to‘polon qildi. Shu orada akamning yerda qonga belanib yotganini ko‘rdim. U orqasidan ikki marta yaralangandi. Qo‘rqib ketdim. Uni darhol shifoxonaga olib ketdim. Boshqalarning oldiga yaqinlashib bo‘lmadi. Qo‘lida turli qurollari bo‘lgan kishilar yerda yotgan odamning oldiga yaqinlashtirmadi, hammani urib ketishdi”, — deydi guvoh.

    Prokuror sud majlisida iltimosnoma kiritib, ish bo‘yicha voqealar aniq va sifatli aks ettirilgan videolavhani taqdim etib, uni tomosha qilishni taklif etdi. Sudya prokurorning iltimosini qanoatlantirib, barcha guvohlar so‘rov qilingandan so‘ng, video ko‘rib chiqilishini bildirdi.

    Sud majlisi 14-fevral kuni soat 11:00 da o‘z ishini davom ettiradi.

    07.02.2019, 15:30   Izoh (0)   78194
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Majburiy ijro byurosi binosida BMT Taraqqiyot dasturi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    07.02.2019, 15:30

    “Vaqf” fondi Surxondaryoda ichimlik suvini chiqarish ishlarini davom ettirmoqda

    07.02.2019, 15:02

    Buxorodagi avtobus halokati bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan sud jarayoni davom etmoqda (foto)

    07.02.2019, 14:51

    Kattaqo‘rg‘onda ayol turmush o‘rtog‘iga pichoq urdi

    07.02.2019, 14:18

    5 yoshli Saidkamolning tuzalib ketishiga hissa qo‘shaylik!

    07.02.2019, 14:07

    Alisher Sanetullayev “MMFI” universiteti Toshkent filiali ijrochi direktori etib tayinlandi

    07.02.2019, 13:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Budapeshtga yetib bordi (foto)

    O‘zbekiston | 20 may, 00:04

    Toshkentda 1,6 mlrd so‘mlik “svet”ni talon-taroj qilgan boshqaruv servis kompaniyasi aniqlandi

    O‘zbekiston | 19 may, 23:45

    “Rossiya va Ukraina darhol o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilishni boshlaydi” — Tramp

    Dunyo | 19 may, 23:25

    Toksikomaniya nimasi bilan xavfli: nega aynan bolalar va o‘smirlar uning tuzog‘iga ilinmoqda? (video)

    O‘zbekiston | 19 may, 23:20

    O‘zbekistonda eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ ajratiladi

    O‘zbekiston | 19 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 19-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 may, 22:55

    Putin va Tramp telefon orqali suhbatlashdi. Muloqot ikki soatdan ortiq davom etdi

    Dunyo | 19 may, 22:46

    Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 19 may, 22:40

    Kambag‘allarga ko‘mak beradi, ammo orzusiga yeta olmaydi: 70 yoshli aktyor Chou Yunfat hozirda qanday ko‘rinishda?

    Kino | 19 may, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.