Aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida “Vaqf“ xayriya jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan “Obi-hayot“ nomli aksiya doirasida Surxondaryo viloyatida suv chiqarish ishlari davom etmoqda, deb xabar berdi Fond matbuot xizmati.
Aksiya doirasida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida 12 mingga yaqin aholi yashovchi “Bog‘i obod”, “Sebzor” va “Ehtirom” mahallalari aholisiga yordam berilmoqda. Unda mahalla aholisi ham faol ishtirok etmoqda.
“Vaqf“ xayriya jamoat fondi bir kilometrlik quvurlar yetkazib berish, qazish va montaj ishlarini amalga oshirmoqda.
Izoh (0)