Davlat xizmatlari markazlarida yer uchastkasi va bino-inshootga bo‘lgan huquqlarni hamda ipoteka, bino va inshootlar, shuningdek, yer uchastkasiga bo‘lgan ashyoviy huquqlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmati shu paytgacha faqat yuridik shaxslarga ko‘rsatib kelingan. Bu haqda “Daryo”ga DXA matbuot xizmati ma’lum qildi.
Endi hukumatning tegishli qarori bilan Davlat xizmatlari markazlarida ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni hamda ipoteka, bino va inshootlar, shuningdek, yer uchastkasiga bo‘lgan ashyoviy huquqlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmati jismoniy shaxslar uchun ham mavjud.
Bundan tashqari, mazkur xizmatga arizani masofadan turib, onlayn tarzda yuborish imkoniyati yaratilgan.
Izoh (0)