• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12762.53
    • RUB162.66
    • EUR14978.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” surishtiruvi: Andijon tumanidagi bog‘cha chindan ham ayanchli ahvolda

    “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov Andijon tumanidagi 11-maktabgacha ta’lim muassasasidagi sharoitlar bilan tanishdi.

    Andijon tumanidagi bog‘cha chindan ham ayanchli ahvolda

    Kecha Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi guruhlarning biriga “Farzandlarimiz ayanchli holatdagi bog‘chaga qatnamoqda” sarlavhasi ostida rasmlarga ilova sifatida quyidagicha post joylashtirildi: “Andijon tumanidagi 11-maktabgacha ta’lim muassasasiga bolamni joylagani borgan edim. U yerda bolalar juda ham ayanchli holatda ekaniga guvoh bo‘ldim. Mudiraning aytishicha, bog‘cha ta’mir ro‘yxatiga kiritilgan ekan, ammo negadir ro‘yxatdan chiqarib yuborilibdi. Bog‘cha hojatxonasini ikki marta sel oqizib ketgan ekan, mudira o‘z hisobidan ta’mirlatibdi. Bolalarni ‘ertamiz egalari’ deb ta’riflaymiz. Ertamiz egalari mana shunday sharoitda tarbiyalanadimi?” Mazkur fikr-mulohazalar internet foydalanuvchilari orasida keng muhokamalarga sabab bo‘lib, bizni ham ushbu bog‘cha sari yo‘l olishga va asl manzara qanday ekanligiga ishonch hosil qilishga undadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bog‘chaga aylangan mehmonxona

    Andijon tumanining Bo‘taqara qishlog‘idagi “Oqrovot” mahallasida joylashgan ushbu muassasaga kechga yaqin tashrif buyurganligimiz bois ota-onalar farzandlarini bog‘chadan olib ketishayotgani ustidan chiqib qoldik. Tarbiyachilar mudira Mahbubaxon Xolbotirovaning boshqarmaga ish yuzasidan ketganligini ta’kidlashdi.

    MTM xodimlarining aytishicha, mazkur bino 1954-yilda qadr rostlagan. Dastlab, kolxoz mehmonxonasi sifatida xizmat ko‘rsatgan. 1968-yildan boshlab esa bu yerda bog‘cha faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Hozirda 11-MTMda 77 nafar kichkintoy 3 guruhda tarbiyalanmoqda. Ularning barchasi shu qishloqdagi 5 ta — “Navro‘z”, “Oqrovot”, “Mustaqillik”, “Beshpahlavon”, “Ma’orif” mahallaning farzandlari. 18 nafar xodimning 5 nafari tarbiyachi vazifasida ishlaydi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Yomg‘ir yog‘ishidan bezillaganmiz”

    O‘nlab ota-onalar bilan birga bog‘cha xonalarini ko‘zdan kechirar ekanmiz, holat chindan ham kishini hayratga solishiga amin bo‘ldik.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Ochig‘i, yomg‘ir yog‘ishidan bezillab qolganmiz, — deydi tarbiyachilardan biri. — Ko‘rib turganingizdek tomdan chakki o‘taverib, devorlar xunuk holatga kelib qolgan. Taxtalar eskiligi uchun pollarning ko‘p qismi teshik. Shu bois linoleumlar yozib qo‘yganmiz. Bolalar ayvonchalaridagi holat ham xuddi shunaqa. Mudira boshchiligida imkon qadar kamchiliklarni to‘g‘rilab, yaxshi sharoit yaratib ishlayapmiz. Ammo bu qachongacha davom etadi? Binoning qurilganiga ham ancha bo‘lgan. Ishonsangiz, ko‘plab ota-onalar farzandini olib kelishadi. Lekin ba’zilari sharoitlarimizdan qoniqmaydi. Sababi bizda ingliz, rus tili to‘garaklari yo‘q, shtatlar ajratilmagan. Joy ozligi uchun ko‘p bolalarni ololmaymiz. Zamonaviy bog‘cha qurilsa, butun qishloq ahli xursand bo‘lishi aniq.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Internetga chiqarishgani yaxshi bo‘libdi”

    Bizning tashrifimizdan xursand bo‘lgan ota-onalarning ayrimlarini suhbatga chorladik.

    Mavludaxon Mamajonova, 67 yosh:

    — Shu mahallada istiqomat qilaman. Bu bog‘chada farzandlarim katta bo‘lishdi. Hozir nevaralarim tarbiyalanyapti. Xonalari issiq, bolalarga osh-ovqat vaqtida beriladi. Ozodaligi yaxshi. Lekin yomg‘ir yoqsa, tomdan suv oqadi. Bundan juda xavotirlanamiz. Ikki marta bog‘cha davlat dasturiga kiritilganini aytib, bizni aldashdi. Dekabrda viloyat hokimining oldiga uch-to‘rt nafar ota-ona bir bo‘lib bordik. Ammo hokimning huzuriga kirishimizga ruxsat berishmadi. Agar hokim bog‘chadagi holatdan xabar topsa, bizga tezda yordam berishiga ishonamiz. Lekin arzlarimiz unga yetib bormayapti. Internetga qaysi ota-ona chiqarib yuborgan bo‘lsa, juda yaxshi bo‘libdi. Axir 65 yil oldin qurilgan binoda ertamiz egalari qachongacha tarbiyalanadi? Mutasaddi rahbarlar qishlog‘imiz muammosiga yechim topishda yaqindan yordam berishsa, juda ham quvonardik.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Karavotlarning ahvolini qarang!”

    Irodaxon Rahmonova:

    — Uch farzandim maktabga borguncha shu bog‘chaga qatnadi. Hozir to‘rt yoshli qizimni olib kelamiz. Ovsinimni esa ikki nafar farzandi shu yerda yuradi. Televizorda sharoitlari zo‘r bog‘chalarni ko‘rib, ochig‘i havas qilamiz. Bu yerdagi karavotlarni ahvolini qarang. Qo‘shni qishloqdagi bog‘chaga olib borsak bo‘ladi. Lekin har kuni yo‘l kiraga ko‘p pul ketadi, vaqtdan ham yutqazamiz. Prezidentimiz chekka qishloqdagi bog‘chalarni yaxshilash bo‘yicha ko‘p gapirganini televizorda ko‘ramiz. Lekin bu bino hamon to‘g‘rilanmaganligi bizni ajablantiradi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Mahalliy budjetdan qayta qurilishi rejalashtirilgan”

    Ota-onalar bilan suhbatlashgach, tuman MTM bo‘limi mudiri Dilfuzaxon Musayeva bilan bog‘landik:

    — Tumandagi 7 ta bog‘chani bu yilgi investitsiya dasturiga kiritish uchun tavsiya qilganmiz. Ular ichida ushbu bog‘cha ham bor edi. Shulardan 4 tasi tasdiqlandi. Ko‘rgan bo‘lsangiz, 11-MTM butunlay buzilib, qayta quriladigan holatda. Viloyat hokimiga taklif kiritganimizda, ushbu muassasa ham mahalliy budjetdan quriladigan bog‘chalar orasida birinchi o‘rinda qayta bunyod etiladigan bo‘ldi. Tez kunlarda loyiha ishlari nihoyasiga yetib, qurilish ishlari boshlanishi rejalashtirilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Biz mazkur mavzuga yana qaytamiz...

    06.02.2019, 22:49   Izoh (0)   27305
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda o‘gay onasiga qo‘l ko‘targan o‘g‘lini o‘ldirgan otaga hukm chiqarildi

    06.02.2019, 22:27

    Toshkentda davlatlararo qidiruvga berilgan 21 yoshli qiz topildi

    06.02.2019, 22:11

    “Apartak” ko‘mir konidan 600 kg ko‘mir o‘g‘irlashga uringan shaxslar qo‘lga olindi

    06.02.2019, 22:01

    O‘zbekistonda sayyohlik shifokori lavozimini joriy etish taklif etilmoqda

    06.02.2019, 21:22

    “O‘zbekistonni rivojlantirish banki” tashkil etiladi. Bankka Prezident tomonidan 500 mln dollar ajratiladi

    06.02.2019, 21:11

    Rossiyada halok bo‘lgan o‘zbekistonlik talaba, Qozog‘istonda qutqarilgan o‘zbekistonliklar, harbiy xizmatga chaqiruv vaqtining o‘zgartirilishi sababi va kunning bo...

    06.02.2019, 21:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sankt Peterburgda FSB binosi yonida raqsga tushgan amerikalik sayyohlar qo‘lga olindi

    Dunyo | 24 iyul, 17:23

    O‘zbekistonda naqd puldagi bir martalik xaridlarga necha pul sarflanmoqda? Markaziy bank tahlili

    Iqtisodiyot | 24 iyul, 16:54

    Isroil HAMASning o‘t ochishni to‘xtatish taklifini ma’qulladi

    Dunyo | 24 iyul, 16:45

    COVID-19 pandemiyasi tufayli insonlar miyasining qarish jarayoni tezlashib ketdi

    Layfstayl | 24 iyul, 16:35

    Rossiyada vafot etgan deputat bir kunda 11 marta ovoz bergani ma’lum bo‘ldi

    Dunyo | 24 iyul, 16:24

    Yandex Uzbekistan dasturlash maktabiga yo‘l ochadigan kursni ishga tushirdi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 15:00

    O‘zbekistonda dollar kursi 100 so‘mdan ortiq pastladi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 16:08

    G‘azoda ocharchilikning oldini olish uchun haftasiga 500 ming qopdan ortiq un kerak — OAV

    Dunyo | 24 iyul, 15:45

    “Kalmar o‘yini” seriali yulduzi Li Byon Xon ishtirokidagi yangi film treyleri e’lon qilindi (video)

    Kino | 24 iyul, 15:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.