Shu kunlarda Moskvanining g‘alaba Muzeyida Mental arifmetika bo‘yicha IV Butunrossiya turniri bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar beradi “Jahonnews”.
Tadbir tashkilotchilari sifatida UCMAS mental arifmetika Bolalar markazi ishtirok etmoqda.
Chempionatda 5 dan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarga turli darajadagi murakkablikdagi 200 ta arifmetika misollarini sakkiz daqiqada yechish sharti qo‘yilgan.
Turnirda o‘zbekistonlik besh yoshli Muhammad Yusuf Anvarov Beginner turkumida (kichik kategoriya) birinchi o‘rinni egalladi. Unga oltin medal va kubok topshirildi.
Muhammad Yusuf bog‘chaga boradi, ammo ikki yildan buyon mental arifmetika bo‘yicha Elmira Arapova qo‘lida shug‘ullanadi.
Hay’at a’zolarining qayd etishicha, Muhammad Yusuf yecha olgan masalalarni ayrim kattalar ham yechishi amri mahol.
Muhammad Yusuf 2018-yilning may oyida ham Moskvada tashkil etilgan mental arifmetika bo‘yicha chempionatda ishtirok etgan va oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)