Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari rahbar xodimlari va mutaxassislari mehnatiga haq to‘lash razryadlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga muvofiq, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining rahbar xodimlari va mutaxassislariga tegishli tartibda:
Lavozim maoshlariga 20 foizli ustama haqi;
Budjet muassasalari va tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash fondining 15 foizi miqdorida moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi;
Vazifalarini vijdonan, shuningdek, alohida muhim va mas’uliyatli ishlarni bajarayotgan xodimlarni mehnatga haq to‘lashning ikki oylik fondi miqdorida mukofotlash hamda yilda bir marta mehnatga haq to‘lashning oylik fondi miqdorida moddiy yordam berilishi belgilandi.
Izoh (0)