• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda tibbiyot xodimiga tajovuz qilganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilishi mumkin

    29-yanvar kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan tayyorlangan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

    Mazkur loyiha bilan o‘z xizmat vazifasini bajarib turgan tibbiyot xodimiga bemor va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan g‘ayriqonuniy ravishda tajovuz qilinishi yoki ularga tan jarohati yetkazilishidan iborat qilmishlarni Jinoyat kodeksining bezorilik uchun javobgarlikni ko‘zda tutuvchi 277-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish hamda ushbu harakatlarni og‘irlashtiruvchi holat sifatida baholash taklif etilmoqda.

    “Afsus bilan aytish kerakki, bugungi kunda bemorning o‘limi yoki sog‘lig‘i holati yomonlashishida biror-bir aybi bo‘lmasa-da, shifokorni ayblash va unga noqonuniy tajovuz qilish holatlari ko‘payib ketmoqda. Oxirgi paytlarda bunday g‘ayriqonuniy tajovuz aks etgan tasvirlar turli ijtimoiy tarmoqlarda uchrashi holatlari ko‘payib qoldi”, — deyiladi xabarda.

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

    “Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, amaldagi jinoyat qonunchiligida xizmat vazifasini bajarib turgan tibbiyot xodimlariga nisbatan tajovuz qilish, ularga bu jarayonda tan jarohati yetkazish uchun javobgarlik choralari nisbatan yengil hisoblanadi. Oqibatda xizmat vazifasini o‘tab turgan tibbiyot xodimlarining sog‘lig‘iga hattoki, tiklab bo‘lmaydigan jarohat yetkazgan aybdor shaxslar ham ayrim hollarda hech qanday jazo o‘tamasdan qolib ketmoqda. Bu esa tibbiyot xodimlarida o‘zlariga nisbatan sodir etilgan tajovuzlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etishdan hech qanday naf yo‘q, degan tushuncha paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Kuzatuvlar bunday g‘ayriqonuniy tajovuzga uchragan shifokorlarning beshtadan faqat bittasigina huquqni muhofaza qiluvchi organlarga aybdorni javobgarlikka tortishni so‘rab murojaat etishayotganligini ko‘rsatmoqda”, — deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi yuridik bo‘lim boshlig‘i Ruslan Muhammadiyev.

    Yaqindagina Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Ipoteka bank” binosi oldida Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimiga nisbatan zo‘ravonlik qilgan haydovchiga nisbatan sud hukmi o‘qilib, u ozodlikdan mahrum qilish jazosiga tortilganligi to‘g‘risidagi xabarlar ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida keng tarqaldi.

    O‘tgan yil 3-avgust kuni Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida fuqaro M.M.tez tibbiy yordam xodimlarining kech yetib kelganini, ular kelgunga qadar bobosining vafot etganini aytib, tez tibbiy yordam shifokori Sh.Sirojiddinovga o‘rtacha og‘ir darajadagi tan jarohati yetkazgani ko‘pchilikka ma’lum. Vaholanki, ayni holatda shifokor bemorning yashash manziliga 10 daqiqa ichida yetib borgan va borgan paytda bemor allaqachon vafot etgan bo‘lgan.

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati Oltiariq tuman sudining hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi M.M. Jinoyat kodeksining 105-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib,2 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan, lekin jazo shartli hisoblanib, 1 yil sinov muddati belgilangan. Mazkur shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qilgunga qadar ham unga nisbatan munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Oddiyroq aytganda, hech qanday aybi bo‘lmagan, bemorga yordam berish istagida o‘z vaqtida yetib kelgan shifokorning sog‘lig‘iga tiklab bo‘lmaydigan jarohat yetkazgan shaxs amalda hech qanday jazo o‘tamagan.

    “Bu yerda e’tiborli jihati nimada? O‘z xizmat vazifasini bajarayotgan,tegishli jismoniy va maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va yonida o‘qotar quroli ham bo‘lgan ichki ishlar xodimiga mushtumzo‘rlik qilgan qonunbuzarning harakatlari bezorilik deb baholanadi va aybdor sud hukmi bilan jazo o‘tash uchun ozodlikdan mahrum etish joylariga yuboriladi. Lekin xuddi shunday xalqqa xizmat qilayotgan oddiy shifokorning sog‘lig‘iga hech bir sababsiz tiklab bo‘lmaydigan jarohat yetkazgan shaxsning harakatlari bezorilik deb topilmaydi va u yengilroq jazoni ko‘zda tutuvchi Jinoyat kodeksi tegishli moddasi bilan sudlanadi hamda u jazodan qutilib qoladi”, — deyiladi xabarda.

    “Jamiyatimizda ko‘payib ketayotgan bunday illatni oldini olishning eng asosiy va samarali yo‘llaridan biri sifatida yuqoridagi kabi noqonuniy xatti-harakatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish, bunday harakatlarni bezorilik sifatida kvalifikatsiya qilish lozim. Sababi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002 yil 14 iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 13-bandiga muvofiq, basharti, shaxs o‘z xatti-harakatlari bilan ayni vaqtda jamoat tartibini buzayotganligini va jamiyatga nisbatan ochiqdan-ochiq hurmatsizlik qilayotganligini ham yaqqol anglagan bo‘lsa, qilmish bezorilik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim”, – deydi Ruslan Muhammadiyev.

    Shu maqsadda, yuqorida qayd etilganidek, Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan kiritilayotgan loyihada Jinoyat kodeksining bezorilik uchun javobgarlikni ko‘zda tutuvchi 277-moddasi uchinchi qismiga qo‘shimcha band (jinoyatning o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan sodir etilishi) kiritish taklif etilmoqda.

    Ushbu bandda nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor, deb topilganlar uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin bo‘ladi va bu o‘z o‘rnida katta profilaktik ta’sir kuchini ko‘rsatadi.

     

     

    05.02.2019, 10:42   Izoh (0)   24006
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ismoil Jo‘rabekov: O‘zbekistonda 200 ming gektar yer foydalanishga mutlaqo yaroqsiz holga kelgan

    05.02.2019, 10:36

    AzonTV onlayn telekanali 10-fevraldan dasturlarini namoyish eta boshlaydi

    05.02.2019, 09:57

    O‘zbekistonda harbiy xizmatchilar uchun yangi formali kiyimlarning dastlabki namunalari tayyorlandi

    05.02.2019, 09:28

    O‘zbekiston Iqtisodiy tadqiqotlar markazi eng yaxshi “Aqlli markazlar” ro‘yxatiga kirdi

    05.02.2019, 09:16

    Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashkil etildi

    05.02.2019, 08:29

    AQSh Geologiya xizmati delegatsiyasi Toshkentga keladi

    04.02.2019, 23:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.