2018-yilgi hisobot natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston Iqtisodiy tadqiqotlar markazi Markaziy Osiyoning 65 ta eng yaxshi ilmiy-tadqiqotlar tahliliy markazlari orasida 11-o‘rinni egalladi, deya xabar beradi “UzDaily”.
Bu o‘tgan yilgi natijalardan bir pog‘onaga baland.
Pensilvaniya Universitetining har yili e’lon qilinadigan Global Go To Think Tank Index Report tadiqiqot va tahlil markazi tomonidan e’lon qilinadi.
2016-yilda eng yaxshi “Aqlli markazlar” ro‘yxatida ITM 13-o‘rinni egallagan.
2019-yilgi ro‘yxatga O‘zbekistonning yana bir nechta tahliliy markazlari kiritilgan. Ularning orasida Siyosiy tadqiqotlar markazi (23-o‘rin), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (27-o‘rin) “Tahlil” ijtimoiy tadqiqotlar markazi (34-o‘rin) bor.“Markaziy Osiyo va Kavkaz hududi” nominatsiyasi 2014-yilda shakllangan bo‘lib, u Afg‘oniston, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tahliliy markazlarini o‘z ichiga oladi.
Reyting Professor Jeyms MakGan rahbarligida “Tahliliy markazlar va fuqarolik jamiyati” dasturi doirasida tuziladi va “Aqlli markazlar”ning eng nufuzli xalqaro reytingi hisoblanadi.
Bu yil Amerika universiteti 2018-yilda 8162 ta tadqiqot markazlari faoliyatini tahlil qilgan.
So‘nggi uch yil ichida reytingda ishtirok etgan tadqiqot markazlari soni 1316 taga ortgan.
Izoh (0)