Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi ilmiy laboratoriyada yangi, zamonaviy harbiy kiyimlarning dastlabki namunalari eskizi tayyorlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ushbu kiyimlar Mudofaa vazirligi, Harbiy prokuratura, Prezident xavfsizlik xizmati, Bojxona qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmati, DXX Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi harbiy xizmatchilari va xodimlari uchun mo‘ljallangan.
Bunday keng ko‘lamli va mas’uliyatli vazifani bajarish uchun malakali dizaynerlar, psixologlar, kiyim konstruktorlari, texnologlar, olimlar va ushbu yo‘nalishda tajribaga ega bo‘lgan harbiylar jalb etildi.
Yaratilgan yangi kiyimlarning ilk namunalari dastlab harbiy qismlarda sinovdan o‘tishi ko‘zda tutilmoqda. Bunda harbiy xizmatchilar, yoshlar, keng jamoatchilikning fikri o‘rganiladi, takliflar umumlashtiriladi. Shundan so‘ng formali harbiy kiyimlarning keng assortimentda ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Izoh (0)