GM Uzbekistan avtomobil zavodi nomi o‘zgaradi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” AJ raisi o‘rinbosari Aziz Shukurov 5-fevral kuni “O‘zbekiston avtomobil sanoati: kechagi kun va kelajak istiqbollari” mavzusida matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Tez orada GM Uzbekistan nomi o‘zgaradi. Hozirda bu bo‘yicha ish olib bormoqdamiz. Hamma masala hal bo‘lgach, bu haqda xabar beramiz”, deya Shukurovning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “Xalq so‘zi” muxbiri.
Eslatib o‘tamiz, korxona eksport qilinadigan mahsulotlarini Ravon brendi ostida sotib keladi.
Izoh (0)