Toshkent shahrida joriy yil 25—27-aprel kunlari “Tashkent Law Spring” xalqaro yuridik forumi o‘tkaziladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.
Xalqaro yuridik forum O‘zbekiston tarixida ilk marotaba tashkil etilmoqda.
Forumda O‘zbekiston va bir qator xorijiy mamlakatlar adliya vazirlari, sud, prokuratura va boshqa davlat organlari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar, dunyoning yetakchi yuridik va konsalting firmalari vakillari, advokatlar, yurisprudensiya sohasidagi taniqli olimlar, mutaxassislar va ekspertlar qatnashishi kutilmoqda.
Forum qatnashchilari “Sifatli davlat boshqaruvi”, “Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish”, “Faol investitsion siyosat” yo‘nalishlari bo‘yicha munozara sessiyalari, davra suhbatlari, master-klass va taqdimotlarda ishtirok etishlari, xalqaro darajadagi va milliy ekspertlar leksiyalarini tinglashlari, muhokamalarda qatnashishlari mumkin bo‘ladi.
Forum “Yilning eng yaxshi advokati”, “Yilning eng yaxshi advokatlik tuzilmasi” va “Yilning eng yaxshi korporativ huquqshunosi” nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlash marosimi bilan yakunlanadi.
Izoh (0)