Odil Temirov “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi etib tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.
Ushbu lavozimda faoliyat yuritgan Abduhoshim Abdullayev pensiyaga chiqishi munosabati bilan lavozimdan ozod etilgan.
Odil Temirov shu kunga qadar “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Izoh (0)