• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oqqonga chalingan buxorolik yigit davolanish uchun tog‘asining tilla taqinchoqlarini o‘mardi

    Buxoro tumanining Xonabod qishlog‘ida yashovchi, oqqon kasalligiga chalingan 25 yoshli Mansur Narziyev (ismi-shariflar o‘zgartirilgan) davolanish uchun tog‘asi Abdurasul Islomovning xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 68 305 000 so‘mlik tilla va kumush taqinchoqlarni o‘g‘irladi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro tuman sudi raisi Nozimjon Jo‘rayev “Daryo”ga ma’lum qildi.

    Tunda o‘g‘rilik sodir etib, voqea joyidan yashiringan Mansur Narziyev ertasiga tilla va kumush taqinchoqlarni olib, Buxoro shahrilik tanishlariga sotib, keyin u pullarga davolanishni maqsad qildi.

    “Hech qayerda ishlamayman, ikkinchi guruh nogironiman. Shifokorlar tashxisi meni har kuni o‘yga soladi. Bir nafar farzandim bor. Lekin xastalikdan azob chekaman. Tog‘am tilla taqinchoqlar savdosi bilan shug‘ullanadi. Uning uyida tilla buyumlar ko‘pligini bilganim uchun ham o‘g‘rilikka qo‘l urdim. Ularni sotib, yashashga umid bog‘ladim. Ammo qattiq pushaymonman”, — dedi bemor jiyan sayyor sudda.

    Mazkur golat Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro tuman sudi tomonidan “Xonabod” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida o‘tkazilgan sayyor sudda ko‘rib chiqildi. Mansur Narziyev O‘zbekiston Jinoyat kodeksi 169-moddasi 3-qismining “v” bandida (ko‘p miqdorda o‘g‘rilik) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli, deb topildi.

    “O‘g‘limning davolanishi uchun bormagan joyimiz, kirmagan eshigimiz qolmadi. Har tong farzandimning umidsiz boqqanini ko‘rib, ming o‘lib-tirilaman. Lekin oilamizda hech kim bunday tarbiya olmagan. Noilojlik, chorasizlik xastagina bolamni yo‘ldan ozdirgan ko‘rinadi”, — ko‘z yosh to‘kadi onasi Ruqiya Islomova.

    Sud hukmiga ko‘ra, Mansur Narziyevga 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Mansur Narziyev suddan chet elga operatsiya qilishi uchun ketishi lozimligini, o‘g‘rilikni pulga muhtojligi sababli sodir qilganini, oilaviy sharoitini inobatga olib, qonuniy yengillik berishni so‘radi

    “Ayblanuvchi Mansur Narziyevning aybiga iqrorligi, jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanganligi va yaqin qarindoshi – tog‘asining unga da’vosi va jiyaniga shaxsiy adovati yo‘qligi, shuningdek, bemor jiyanning muqaddam sudlanmaganligi, og‘ir kasallikka chalinganligi inobatga olinib, unga 1 yil shartli sinov muddati belgilandi”, — dedi sud raisi Nozimjon Jo‘rayev.

    P.S. Ayblanuvchi va uning onasining fikrlari orqali o‘g‘rilik yosh, ammo xasta yigit tomonidan davolanish uchun pul topolmagach, chorasizlikdan jinoyat sodir etilganini anglash mushkul emas. Yashashga talpinayotgan yigitga nisbatan sud adolatli qaror chiqardi. Xo‘sh, tuman hokimligi hamda sog‘likni saqlash mutasaddilari-chi?! Onaizorning og‘riqli so‘zlariga adolat bilan qarab, ko‘mak berishganda, balki bu jinoyat sodir etilmas edi.

    Laylo Hayitova

    05.02.2019, 15:05   Izoh (0)   20400
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Husnutdin Hasilov “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

    05.02.2019, 14:51

    Samarqandda yo‘l harakati xavfsizligi xodimiga pora taklif qilgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

    05.02.2019, 14:21

    “Pachkamar” poligonida harbiy xizmatchilar o‘ta murakkab sharoitlarda jangovar tayyorgarligini oshirdi

    05.02.2019, 14:12

    Toshkent shahar hokimligi poytaxtning yangi ramzi haqidagi xabarlarga aniqlik kiritdi

    05.02.2019, 14:06

    2018-yilda vafot etgan fuqarolarga 177,9 million so‘m pensiya to‘langanligi aniqlandi

    05.02.2019, 13:59

    TIVda Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish masalalari muhokama qilindi

    05.02.2019, 13:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Uzbekistan Airports bodi-kameralar xaridi yuzasidan tender natijalari bekor qilinganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:59

    O‘zbekistonga benzin necha puldan import qilinadi?

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:22

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.