Kabo-Verdeda 9 tonnadan ortiq kokain kontrabandasida gumon qilinayotgan 11 nafar rossiyalik dengizchi ustidan sud bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Rossiyaning ushbu davlatdagi diplomatik vakolatxonasi vakiliga ko‘ra, sudda qo‘lga olinganlarga nisbatan ehtiyot chorasini belgilash masalasi ko‘rib chiqildi. Sudya ularni hibsda saqlash haqida qaror qabul qildi.
Dengizchilarga hozircha rasman ayblov e’lon qilinmadi. Ular Kabo-Verde poytaxti Praya shahri chekkasidagi qamoqxonada saqlanmoqda.
Izoh (0)