Ukrainaning Dnepr shahrida qahramon ona Olga Maygun o‘zining 14-farzandini dunyoga keltirdi, deb yozadi “News.bigmir.net” Dneprdagi 9-kasalxona perinatal markazining tug‘uruq bo‘limining Facebook’dagi sahifasiga tayanib.
Bolaning ota-onasi Ruslan va Olga Maygun 21 va 19 yosh paytida turmush qurgan. Oilada endi 7 o‘g‘il va 7 qiz farzand bo‘ldi.
2010-yildan buyon Olga faxrli “qahramon ona” unvoniga ega.
Izoh (0)