AQSh qo‘shinlari Eronni kuzatish uchun ham Iroqda qolishi kerak. Bu haqda prezident Donald Tramp ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Kuzatish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaslikni istayman. Iroqda katta mablag‘ sarflangan ajoyib harbiy bazamiz bor. Baza notinch Yaqin Sharqning barcha hududlarini kuzatish uchun juda qulay joylashgan”, — dedi Tramp CBS telekanali efirida.
Tramp AQSh Yaqin Sharqdagi muammolarning ko‘ra bilishiga ishonishini bildirgan. “Kimdir yadro quroli yoki shunga o‘xshash narsalarni ishlab chiqmoqchi bo‘lsa, biz buni ular amalga oshirguncha bilib bo‘lamiz”, dedi AQSh prezidenti.
Izoh (0)