Amerika hukumati Venesuelada qurolli kuchlarni qo‘llashi mumkinligini inkor etmayapti, deya xabar beradi, “Exo Moskvi”.
AQSh prezidenti Donald Tramp bu masalani yechish yo‘llaridan biri bo‘lishi mumkinligini aytgan, biroq mazkur yechim qay holatda qo‘llanilishiga aniqlik kiritmagan.
Lotin Amerikasi respublikasida siyosiy tanglik avj olgan.
23-yanvar kuni Venesuela muholifati Xuan Guaydo o‘zi mamlakat prezidenti vazifasini bajaruvchi deb e’lon qildi.
Uni AQSh, Kanada, Isroil va aksariyat Janubiy va Markaziy Amerika mamlakatlari tan olgan.
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro buni davlat to‘ntarilishiga urinish deb baholagan.
Izoh (0)