Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Innovatsion rivojlanish vazirligida professor Do Seonom boshchiligidagi Koreya (Koryo) universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya a’zolarini vazirning birinchi o‘rinbosari Sh. Rajabboyev qabul qildi, deya xabar beradi “Daryo”ga vazirlik axborot xizmati.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi

Uchrashuvda professor Do Seonom quyosh energetikasi texnologiyalarini qo‘llagan holda Orol dengizi va Orolbo‘yi hududlarini tiklashga qaratilgan Assure loyihasi haqida ma’lumot berdi. Ayni kunlarda jahondagi global muammolar bilan shug‘ullanadigan Koreya (Koryo) universitetining Green School doktorantlari, yetakchi olimlar mazkur loyiha ustida ishlamoqda.

Muzokaralar natijasida tomonlar mazkur loyihani hamkorlikda amalga oshirish maqsadida joriy yilning aprel oyida Green School va Innovatsion rivojlanish vazirligi o‘rtasida memorandum imzolash va loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tuzishga kelishildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Shou-biznes
“Xitoydan o‘ligim qaytadi deb qo'rqqanman”. Uch xil ovozda gapira oladigan xalqaro sirk ustasi, vayner Sherzod Mamadaliyev bilan suhbat (video)
Mahalliy
Xorazmda 3-sinf o‘quvchilariga behayo xatti-harakatlar qilgan 61 yoshli o‘qituvchi besh sutkaga qamaldi