• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ingliz nashrida O‘zbekistondagi birinchi AES qurilishi loyihasi haqida maqola chop etildi

    Yaqinda Angliyaning Nuclear Engineering International nashri “O‘zbekistonning yadroviy intilishlari” deb nomlangan materialni chop etdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    “O‘zatom” agentligi bosh direktori Jo‘rabek Mirzamahmudov bilan o‘tkazilgan mazkur suhbatda mamlakatda birinchi AES qurilishining sabab va natijalari tahlilida davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar bilan bog‘liqligi alohida qayd etiladi.
    Barchaga ayonki, yadro energiyasi iqtisodiy rivojlanishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan 2030-yilga kelib, uning faoliyati mamlakatda elektr energiya ishlab chiqarishning umumiy hajmidan 15 foizni ta’minlashi, energiya resurslarning eksport salohiyatini oshirishi, tabiiy gazdan boshqa maqsadlarda, jumladan, neft mahsulotlarini ishlab chiqarish yoki eksport uchun foydalanishi, karbonat angidrid chiqarilishini 14 million tonnaga, azot oksidini 36 ming tonnaga qisqartirish va atrof-muhit holatini yaxshilanishiga imkon yaratadi.
    Intervyuda AES qurilishi uchun maydon tanlash masalasiga ham e’tibor qaratilgan. Ayni chog‘da O‘zbekistonda rejalashtirilayotgan atom elektr stansiyasi qurilishi uchun barcha talablarga javob beradigan joy tanlanayotgani va buning uchun geologik va seysmik tadqiqotlar amalga oshirilayotgani haqida ma’lumotlar beriladi. MAGATE tavsiyalari bo‘yicha AES uchun kamida uchta maydonda tadqiqotlar o‘tkazilishi zarur. Bu o‘z ichiga geologik, gidrologik, meteorologik, seysmik, iqtisodiy va infrastrukturaga oid tadqiqotlarni qamrab oladi. 1-1,5 yil davom etadigan jarayon tufayli AES ning qayerda barpo etilishi haqida aniq fikr aytish o‘rinsizdir.
    O‘zbekiston tomonidan o‘zining birinchi AES uchun VVER-1200 Rossiya texnologiyasini tanlanishi ham ushbu nashr uchun katta qiziqish uyg‘otgan. “O‘zatom” agentligi bosh direktori ta’kidlaganidek, “3+” VVER generatsiyasi texnologiyasiga oid evolyutsion loyiha hozirgi zamon xalqaro talablariga va MAGATE tavsiyalariga mosdir. Shu bois mazkur loyiha bo‘yicha hamkor sifatida bu texnologiyani taklif etayotgan va atom energetikasi sohasida dunyoda yetakchi hisoblangan “Rosatom” davlat korporatsiyasi tanlangani bejiz emas.
    “O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi O‘zbekiston Respublikasi hududida atom elektr stansiyasini qurish borasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga muvofiq, “Rosatom” bilan AES qurilishi yuzasidan loyihalashtirish, ta’minlash va qurilish (YeRS) to‘g‘risidagi shartnoma imzolanadi va bunda u bosh pudratchi sifatida qatnashadi. YeRS O‘zbekiston hukumati tomonidan moliyalashtiriladi va Rossiya hukumati tomonidan imtiyozli kreditlar bilan ta’minlanadi. AES qurilishi yakunlanib, foydalanishga topshirilgach, u to‘liq holda o‘zbek operatoriga beriladi”, deyiladi intervyuda.
    Suhbatda qonunchilik bazasini yaratish masalalari bo‘yicha ham so‘z boradi. Bunda “Atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilgani va u yaqin orada parlament Qonunchilik palatasiga kiritilishi ma’lum qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan “O‘zbekiston Respublikasi sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorning qabul qilinishi atom energetikasi sohasidagi ishlar tizimli va qonuniy jihatdan mustahkamlanayotganidan darak beradi. Ayniqsa, ushbu qarorga muvofiq, atom energetikasi sohasida tartibga soluvchi organ – Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamentining tashkil etilishi bu boradagi ishlar uchun yana bir muhim qadam bo‘ldi.

    03.02.2019, 18:40   Izoh (0)   17008
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent—Bishkek avtobusi qatnovi qayta tiklandi

    03.02.2019, 18:25

    Xorazmda bedarak yo‘qolgan yigitning jasadi bir oydan keyin topildi

    03.02.2019, 18:03

    Toshkentda o‘g‘il o‘z otasini urib o‘ldirib qo‘ydi

    03.02.2019, 17:25

    Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keladi

    03.02.2019, 17:15

    Surxondaryoda viloyat hokimi huzurida maslahat kengashi tuzildi

    03.02.2019, 16:16

    Mudofaa vaziri o‘rinbosari bir guruh harbiy sportchilarni taqdirladi

    03.02.2019, 13:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.