Toshkent—Bishkek avtobus qatnovi, 1-fevraldan kuchga kirgan jadvalga muvofiq, qayta tiklandi, deb xabar qilmoqda Qirg‘iziston Transport va yo‘llar vazirligi xabariga asosan.
“Yangi jadval o‘zaro muvofiqlashtirilguniga qadar Toshkent—Bishkek qatnovi amalga oshirilishda davom etadi. Ayni damda transpor vazirligi O‘zbekiston avtomobil transporti vazirligi bilan yangi jadvalni muvofiqlashtirmoqda” – deyilgan xabarda.
Shuningdek, Qirg‘iziston transport vazirligi Qozog‘iston infratuzilma va rivojlanish vazirligi bilan Toshkent—Bishkek qatnovining Qozog‘iston hududidan tranzit o‘tishi borasida muzokaralar o‘tkazgani va tomonlar ushbu yangi jadvali bo‘yicha konsensusga erishgani xabar qilingan.
Eslatib o‘tamiz, yangi jadval Qozog‘iston tomonidan tasdiqlanmagani tufayli, ushbu avtobus qatnovi vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Izoh (0)