Samarqandda Temurbeklar maktabi hamda kollej o‘quvchilari uchun Nurobod tumanida joylashgan harbiy qismlardan birida ko‘rgazmali amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.
Harbiy qism dala-o‘quv maydonida tadbir ishtirokchilariga nishonlarga o‘q otish, hududni o‘rganish, qulay pozitsiya tanlash, amaliy tarzda qo‘yilgan jangovar vazifani bajarish kabi mashqlar namoyish etildi. Yoshlarga jangovar qurol-yarog‘ va harbiy texnikalar imkoniyatidan, zamonaviy axborot texnologiyalari va aloqa vositalaridan unumli foydalanish yuzasidan zarur tushunchalar berildi.
Ko‘rgazmali amaliy mashg‘ulot davomida harbiy xizmatchilar tomonidan o‘quvchi yoshlarga qurol-yarog‘larni qo‘llash tartibi, uning imkoniyatlari haqida to‘liq ma’lumotlar berildi. Shuningdek tadbirda harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari namoyish etildi.
Izoh (0)