Konibodom shahri, Spitamen tumani va So‘g‘d viloyatining chegaradosh aholi punktlari O‘zbekistondan sutkasiga 3 million kilovatt-soat elektr energiyasi olmoqda. Bu haqda Tojikiston energetika va suv resurslari vaziri Usmonali Usmonzoda ma’lum qildi, deya xabar beradi Asia-Plus.
“O‘z navbatida, qishki sovuqlar kirib kelishi bilan O‘zbekiston janubiga sutkasiga 17 million kilovatt-soat elektr energiyasi yetkazib beryapmiz”, — ta’kidladi Usmonali Usmonzoda
Vazirga ko‘ra, joriy yil aprelidan oktyabr oyiga qadar Tojikiston O‘zbekiston janubiga 2 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi eksport qilishni rejalashtirmoqda. Bu o‘tgan yilga nisbatan 800 million kilovatt-soatga ko‘p.
Izoh (0)