30-yanvar kuni Tayvan qirg‘oqlarida 5,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologik markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila markazi Taypeyning janubi-sharqiy qismidan 179 kilometr uzoqlikda bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i 12 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
Vayronagarchilik va jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Izoh (0)