Twitter ijtimoiy tarmog‘ida ishga ketayotgan Avstriya prezidenti Aleksandr Van der Bellenning surati chop etildi.
Gap shundaki, dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridan birining prezidenti ishga o‘nlab qo‘riqchilar va kortej bilan emas, balki qolgan barcha oddiy fuqarolar kabi metroda ketmoqda.
74 yoshli Aleksandr Van der Bellen 2016-yilning 4-dekabrida Avstriya prezidenti etib saylangan. U o‘z lavozimini bajarishga 2017-yilning 26-yanvar kuni kirishgan.
Izoh (0)